Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Gender tenglik belgisi” sertifikati taqdimoti tashkil etildi
299
2022-yil 17-may kuni Davlat bojxona qoʻmitasi binosida “Gender tenglik belgisi” sertifikati taqdimoti tashkil etildi. Tadbir Oliy Majlis Senati Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha komissiyasm va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda oʻtkazildi.

Unda Senatning Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari boʻlimi, Davlat bojxona qoʻmitasi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining tegishli masalalar boʻyicha vakillari ishtirok etidi.

BMTTDning “Gender tenglik belgisi” xalqaro innovatsion dasturi davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar xodimlari va boshqa hamkorlarni oʻz faoliyatida gender jihatlarni hisobga olishga undaydi. Shuningdek, gender tenglikning global maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan oʻzgarishlarni tezlashtirishga yordam berishi mumkin.

Gender tenglikni sertifikatlash 2009-yildan buyon muvaffaqiyatli joriy etilmoqda. “Gender tenglik belgisi” hozirda 2021-yil iyul oyidan boshlab davlat muassasalari uchun sertifikatlashtirishning rasmiy ishga tushirilishi hisobiga kengaymoqda.

Oʻzbekistonda tajriba tariqasida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish doirasida xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida haqiqiy tenglikka erishish boʻyicha davlat muassasalarining saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash hamda eʼtirof etishga qaratilgan.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad Davlat bojxona qoʻmitasining viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlari, xodimlari va vakillarini 2022-2023-yillarda Qoʻmita ishtirok etadigan “Gender tenglik belgisi” xalqaro sertifikatlashdan oʻtish jarayonlari bilan tanishtirishdan iborat. Xalqaro sertifikat olish va gender boʻyicha ishlar rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro ekspertlar ham jalb etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida Gender tenglikka erishish strategiyasining qabul qilinishi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish yoʻlidagi katta qadamdir.

Shu bilan birga, qarorlar qabul qilishda, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda, ayniqsa, hududlarda xotin-qizlarning faolligini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratishni talab qiladigan masalalar ham bor.

Shu munosabat bilan “Gender tenglik belgisi” dasturi davlat siyosati hamda dasturlarining gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirishga taʼsirini kuchaytirish va natijalarini oshirish uchun davlat muassasalarida gender muammosi hisobga olinishiga koʻmaklashadi.

Tadbir soʻnggida Davlat bojxona qoʻmitasida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha komissiya boshchiligida BMTTDning “Gender tenglik belgisi” xalqaro dasturini ishga tushirishga qaror qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimizning joriy yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-122 son Farmonida 2022 — 2024-yillarda bojxona organlari tizimida ayol xodimlar ulushini kamida ikki baravar oshirish nazarda tutilgan.

 

18.05.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing