Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Yurtimizga 56 ta timsoh va 10 ta buqalamunning yashirincha olib kirilishi fosh qilindi
225
Turli nayranglarni qoʻllagan holda moʻmay daromad ilinjida bojxona nazoratini chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlar, xususan, yurtimizga turli hayvonlarni tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy tarzda olib kirmoqchi boʻlgan qonunbuzarlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Yurtimizga 56 ta timsoh va 10 ta buqalamunning yashirincha olib kirilishi fosh qilindi

2022-yil 30-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportiga Misr davlatidan uchib kelgan fuqarolarning qoʻl yuklari oʻrnatilgan tartibda rentgen uskunalari orqali tekshirilganida, yoʻlovchilardan birining yuklari bojxonachilar eʼtiborini tortdi.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida, fuqaro M.S. yashirincha 56 bosh tirik timsoh bolalarini tegishli hujjatlarsiz yurtimizga yashirincha olib kelayotgani fosh boʻldi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur timsoh bolalarining umumiy qiymati 918,5 million soʻmni tashkil qiladi.
Tugʻilganiga bir hafta boʻlgan mazkur “Nil timsohi” turiga mansub timsoh bolalari tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli Toshkent hayvonot bogʻi xodimlari tomonidan ahvoli qoniqarli baholanmoqda.
Shuningdek, 2022-yil 31-avgust kuni esa Misrdan Toshkentga uchib kelgan fuqarolar Toshkent xalqaro aeroportida yashil yoʻlakdan harakatlanar ekan, ular orasidagi fuqaro Ya.J. bezovtalanishi tufayli oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada ushbu shaxsning yuklari orasidagi plastik idishda 10 dona buqalamun borligi aniqlandi.
Ushbu buqalamunlarning umumiy qiymati 54,7 millionni tashkil qilishi maʼlum boʻldi.
Hozirda buqalamunlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan boʻlib, tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli, mutaxassislar tomonidan ulardan 6 tasining ahvoli ogʻirligi maʼlum qilindi.
Amaldagi tartiblarga koʻra, Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

31.08.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing