Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Milliy kinologiya markazi
Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani Qipchoq 2-tor ko‘chasi 9. Indeks: 100201 Mo‘ljal: Akfa Imzo; Telefon: 71-258-63-22, 202-1221; Faks: 71-258-63-68; Ishonch telefoni: 71-258-63-22; e-mail: mkm@customs.uz Jamoat transporti: 58, 59, 126 avtobuslar;

Milliy kinologiya markazi rahbariyati jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali

Markaz direktori:

Qahhorov Farrux Baxtiyorovich  - Har kuni. Soat 8:00 dan - 17:00 gacha. 

Markaz direktori o‘rinbosari:

Samandarov Otamurad Shukurovich -  Har kuni. Soat 8:00 dan - 17:00 gacha. 

Markaz haqida qisqacha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi 1996 yil 24 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining 364-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 dekabrdagi 1029-son hamda 2021 yil 18 yanvardagi 21-son qarorlari bilan Milliy kinologiya markazi ish faoliyati yanada takomillashtirildi.

Mazkur qarorlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining rezident va norezidentlariga xizmatga yaroqsiz bo‘lgan itlarni belgilangan tartibda sotish hamda shartnoma asosida yuridik  va jismoniy shaxslarning itlarini umumiy mashq kursi va himoya-qorovul xizmati talablariga muvofiq tayyorlash bo‘yicha Markazga pullik xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarning itlarini umumiy mashq kursi va himoya-qorovul xizmati talablariga muvofiq tayyorlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan kelib tushadigan mablag‘alar Markazning rivojlantirish fondiga o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. 

 

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidentlarining itlarini umumiy mashq kursi ko‘nikmalari hamda himoya-qorovul xizmati talablari bo‘yicha tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun tariflar

(Tarif koeffitsienti belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilanadi)

TT\r

Xizmat turi

Tariflarni ko‘paytirish koeffitsienti

O‘rta zotli it

Yirik zotli it

11.

Umumiy mashq kursi

2835000 so‘m

3132000 so‘m

22.

Himoya-qorovul xizmati

4914000 so‘m

5211000 so‘m

 Ushbu tarif koeffitsienti O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari kinologiya xizmatlari itlarini tayyorlashda tatbiq etilmaydi.

Markazda malakali kinologlar tayyorlash va xizmat itlarini giyohvandlik vositalarini, qurol-yarog‘, o‘qdori va portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklarini qidirib topish, tamaki mahsulotlarni qidirish shuningdek, antiterror, iz-qidiruv, himoya-qorovul xizmati, qidiruv-qutqaruv xizmati, mina qidiruv, o‘simliklar va o‘simlik urug‘larini qidirish, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qidirish yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat itlari hamda intruktorlik yo‘nalishi bo‘yicha kinologlar tayyorlanadi.

Markazning yuqori malakali xodimlari ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishda Avstriya, Fransiya, Latviya, Litva, Koreya, Rossiya, Belgiya, AQSH, Italiya kabi turli davlatlar kinologiya xizmatlari mutaxassislari bilan doimiy ravishda tajriba almashib kelmoqda.

Shuningdek, Markazda xalqaro loyihalar doirasida xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlari vakillari ham o‘qitib kelinmoqda.Ta’kidlash lozimki, 2008 yilda Markazga Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy kinologiya markazi maqomi berilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida unda yaratilgan infratuzilma hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarining jahon standartlariga to‘liq mos ekanligini isbotlaydi.

 Milliy kinologiya markazida faoliyat yurituvchi asosiy bo‘limlar

 Ixtisoslashtirilgan veterinarnaya xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 yanvardagi 21-son qaror doirasida Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Aholiga pullik xizmat ko‘rsatish: Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pullik xizmatni ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan tartibda Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat ko‘mitasidan (litsenziya) ruxsatnoma olinib, markaz mutaxassislari tomonidan aholi va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlar

RO‘YXATI

T/r

Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmat turi

Pulli xizmat uchun to‘lov miqdori

Pulli xizmat uchun to‘lov so‘mmasi

1.

Iste’molchilarga maslahat berish va retsept yozish

BHMning 10 foizi

27000

2.

Dorivor moddalarni teri ichiga, teri ostiga, mushak ichiga yuborish

BHMning 5 foizi

13500

3.

Kesilgan va yirtilgan jarohatlarni tikish va davolash

BHMning 40 foizi

108000

4.

It tomog‘idan yot narsalarni olish

BHMning 10 foizi

27000

5.

Tug‘ishga yordam berish

BHMning 50 foizi

135000

6.

Bachadonga dorivor moddalarni yuborish va huqna qilish

BHMning 10 foizi

27000

7.

O‘sma va absesslarni olish

BHMning 20 foizi

54000

8.

Jarohatlarga bog‘lama qo‘yish

BHMning 20 foizi

54000

9.

Itning dumini kesish

BHMning 20 foizi

54000

10.

Itning qulog‘ini kesish

BHMning 30 foizi

81000

11.

Itning qulog‘ini tozalash

BHMning 10 foizi

27000

12.

Singan joyga shina qo‘yish

BHMning 10 foizi

27000

13.

Singan joyni gips qilish

BHMning 20 foizi

54000

14.

Kesarov usulida kesish

BHMning 30 foizi

81000

15.

Bug‘ozlikka tekshirish

BHMning 20 foizi

54000

16.

Oshqozon bo‘limlarini davolash

BHMning 10 foizi

27000

17.

Ozuqadan zaharlanishni davolash

BHMning 20 foizi

54000

18.

Itlarda modda almashinuvi buzilishi kasalliklarini davolash

BHMning 20 foizi

54000

Laboratoriya tekshirishlari

19.

Mikroskop yordamida tekshiruvlar

BHMning 10 foizi

27000

20.

Qonning bioximik tekshiruvlari

BHMning 10 foizi

27000

21.

Qonning klinik tekshiruvlari

BHMning 10 foizi

27000

Diagnostik tekshiruvlari

 

22.

Ultra tovush tekshiruvlari (UZI)

BHMning 10 foizi

27000

23.

Rentgent tekshiruvlari

BHMning 20 foizi

54000

24.

Itning fiziologik etilishini aniqlash

BHMning 10 foizi

27000

Maxsus tadbirlar

 

25.

Degelmintizatsiya

BHMning 10 foizi

27000

26.

Ektoparazitlarga qarshi ishlov berish

BHMning 10 foizi

27000

27.

O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash

BHMning 10 foizi

27000

 

Ixtisoslashtirilgan veterinarnaya xizmati Milliy kinologiya markazi va hududiy boshqarmadagi xizmat itlariga xizmat ko‘rsatadi. Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatida  xizmati binosi, karantin bloki, kasal xizmat itlarini saqlash uchun izolyator bloki, degelmintizatsiya maydonlaridan iborat. Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati binosida muolaja, jarrohlik, rentgen, tashhis hamda laboratoriya xonalari mavjud. Ushbu xonalar zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangan.

Milliy kinologiya markazining Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati malakali veterinar vrachlar bilan jamlangan, xizmat xodimlari tomonidan xizmat itlarida og‘ir jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.

Xizmat itlari pitomnigi

Milliy kinologiya markazida xizmat itlari pitomnigi asosiy bo‘g‘ini xisoblanadi. Xizmat itlari pitomnigida turli xil zotdagi xizmat itlarini ko‘paytirish, saqlash va urchitish ishlari amalga oshiriladi. Xizmat itlari pitomnigi 100 bosh zotdor xizmat itlarini saqlashga mo‘ljalangan. Shuningdek, xizmat itlarini parvarishlash va saqlash, oziqlantirish bilan birga veterinariya-sanitariya tadbirlarini olib boradi. Xizmat itlari pitomnigi 100 bosh xizmat itlari uchun mo‘ljallangan 10 ta blok, Tug‘ruq kompleksi (14 bosh ona xizmat iti va 12 bosh yosh it bolalari saqlashga mo‘ljallangan volerlar, sayr qildirish va mashq maydonchalari), xizmat itlari uchun ozuqa tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus oshxona, xizmat itlari va it bolalari uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan ombor, xizmat itlarini cho‘miltirish xonasi va xo‘jalik qismidan iborat.

Xizmat itlari va yosh it bolalari uchun kunlik oziq-ovqat ratsioni tuzilib, belgilangan me’yor asosida ajratiladi. Bunda tabiiy va quruq ozuqalar bilan oziqlantiriladi.

Tug‘ruq kompleksida tug‘ruq va yosh it bolalari bloki, mashq maydonchasi mavjud bo‘lib yil davomida o‘rtacha 50 - 70 boshgacha it bolalari tug‘iladi. Tug‘ilgan it bolalari
8 oyligigacha Xizmat itlari pitomnigida parvarishlanib, boshlang‘ich mashg‘ulotlar olib boriladi.

 Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
18 yanvardagi 21-son qaror doirasida xizmatda foydalanilmaydigan it zotlaridan  Sibir xaskisi, Bigl, O‘rta osiyo ovcharkasi kabi it zotlari olib kelinib, urchitilib ko‘paytirilmoqda.

 Xizmat itlari bilan mashq o‘tkazish bo‘limi

Xizmat itlari bilan mashq o‘tkazish bo‘limida xizmat itlarini giyohvandlik vositalarini qidirish, qurol-yarog‘, o‘qdori va portlovchi moddalarni qidirish, valyuta qimmatliklarini qidirib topish, tamaki mahsulotlarni qidirish, shuningdek, antiterror, iz-qidiruv, himoya-qorovul xizmati, qidiruv-qutqaruv xizmati, mina qidiruv yo‘nalishlari, o‘simliklar va o‘simlik urug‘larini qidirish, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qidirish yo‘nalishlari bo‘yicha kinologlarni o‘qitib, xizmat itlarini tayyorlaydi. Amaliy mashg‘ulotlarda, xizmat itlarini instruktorlar tomonidan maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rgatish uchun o‘quv-uslubiy ko‘llanmalar ishlab chiqilib amaliyotga keng joriy etilgan.

Xizmat itlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlashda amaliy mashg‘ulotlar real sharoitga moslashtirilgan, barcha turdagi maketlar bilan jihozlangan klimatik va landshaft sharoitlarni o‘zida aks ettirgan aerokompleks, avtotransport, teplaxod, temir yo‘l immitatsion maskanlari va yopiq mashq maydonida olib boriladi.

Tezkor qidiruv mashg‘ulotlari, kinolog va xizmat iti kelajakda faoliyat olib borilishi nazarda tutilgan real ob’ektlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda o‘tkaziladi.

It o‘rgatish deganda, itga shartli va shartsiz qo‘zg‘atuvchilar bilan muntazam ravishda ta’sir etish orqali, uni boshqarish va biror vazifani bajartirish uchun, kerakli bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish tushuniladi. Xizmat itlarini o‘rgatish to‘rt turga ya’ni “Boshlang‘ich mashq kursi”, “Umumiy mashq kursi”, “Maxsus mashq kursi” va “Xizmat itlarini mashq qildirish” turlariga bo‘linadi.

Xizmat itlarini “Boshlang‘ich mashq kursi”ga o‘rgatishdan maqsad sakkiz oylik yoshga to‘lmagan yosh it bolalarini maxsus anjomlarga o‘rgatish, ularni umumiy hamda maxsus mashq kurslariga o‘rgatish va xizmatda qo‘llash va boshqarish uchun zarur bo‘lgan umumiy bo‘ysinuvchanlikning asoslarini tashkil etuvchi ko‘nikmalarga o‘rgatish.

“Umumiy mashq kursi”ga o‘rgatishdan maqsad, itlarni maxsus mashq kursida hamda xizmatda qo‘llash va boshqarish uchun zarur bo‘lgan umumiy bo‘ysinuvchanlik ko‘nikmalariga o‘rgatish. Umumiy mashq kursi bu – sakkiz oyga to‘lgan itlar bilan boshlang‘ich mashq kursida hosil qilingan ko‘nikmalarni mustaxkamlash va maxsus mashq kursi uchun asos bo‘ladigan umumiy bo‘ysinuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish.

Umumiy mashq kursiga quyidagi ko‘nikmalar kiradi: xizmat itini kinologga o‘rganishi, kinologning oldiga kelishi, yonda yurishi va o‘tirishi, yotishga, joyida turishga, buyumlarni olib kelishga, ovoz berishga, “qayt” buyrug‘ini bajarishga, to‘siqlardan oshib o‘tishga, emaklashga, suzishga hamda guruh tarkibida mashg‘ulot o‘tishga, o‘q tovushiga, begonalar tomonidan berilgan yoki topilgan ozuqadan qaytishga o‘rgatish.

“Maxsus mashq kursi”ga o‘rgatishdan maqsad, xizmat itlarini qidiruv faoliyatini olib borishda zarur bo‘ladigan (giyohvandlik vositalarini, tamaki mahsulotlarini, valyuta qimmatliklarini, portlovchi moddalarni qurol-yarog‘, o‘qdori, va qidirib topish, mina qidiruv, shuningdek, antiterror, iz-qidiruv, himoya-qorovul xizmati, va qidiruv-qutqaruv xizmati yo‘nalishlari bo‘yicha) ko‘nikmalarga o‘rgatish.

Maxsus mashq kursiga quyidagilar kiradi: xizmat itlarini qidiruv ko‘nikmalariga o‘rgatish (iz bo‘yicha ishlash, odamning buyumlarini tanlab topish, xududda qidiruv olib borish, giyohvandlik vositalarini, tamaki mahsulotlarini, valyuta qimmatliklarini, minalarni, qurol-yarog‘, o‘qdori, va portlovchi moddalarni qidirish va x.k.z) begonalarga nisbatan ishonchsizlik va jaxldorlikni rivojlantirish, kinologni himoya qilish, odamni qo‘lga olish va kuzatib borish, joyida qo‘riqlash, shuningdek xizmatda qo‘llash uchun kerak bo‘ladigan boshqa ko‘nikmalarga o‘rgatish.

Xizmat itlarini mashq qildirish – bu xizmat itlarda oldindan shakllantirilgan shartli refleks (ko‘nikmalar)ni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida, muntazam amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, natijada turli ijtimoiy va xizmat sharoitlariga moslashtirishdir.

O‘quv-uslubiy bo‘lim

Hozirgi kunda Markazda “Giyohvandlik vositalarini qidirish”, “Valyuta qimmatliklarini qidirish”, “Tamaki mahsulotlarini qidirish”, “Qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalarni qidirish”, “Mina qidiruv”, “Qidiruv-qutqaruv xizmati” yo‘nalishlar bo‘yicha 3 oy, “Himoya-qorovul xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha 2 oy, “Iz-qidiruv xizmati”, “Antiterror” yo‘nalishlari bo‘yicha 4 oy, instruktorlik kursi bo‘yicha 2 oy, “O‘simliklar va o‘simlik urug‘lariniqidirish” yo‘nalishlari bo‘yicha 3 oy hamda  “Psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qidirish” yo‘nalishlari bo‘yicha 3 oy davomida o‘quv-o‘rgatuv ishlari olib boriladi.

O‘quv-uslubiy bo‘limida nazariy bilimlar berishga moslashgan kompyuter sinfi, immitatsiya xonasi va har bir yo‘nalishga maxsus jihozlangan sinf xonalari hamda umumiy kutubxona mavjud. Milliy kinologiya markazida o‘quv-o‘rgatuv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar, dars jadvallari asosida amalga oshiriladi.

O‘quv mashg‘ulotlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. O‘quv mashg‘ulotlari markazning malakali xodimlari tomonidan o‘quv dasturlar, uslubiy qo‘llanmalar, prezentatsiya va video materiallari asosida olib boriladi. O‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan dars jadvali asosida olib boriladi. O‘quv kursi yakunida kinologlar nazariy va amaliy sinovlar topshiradilar.

O‘quv kurslarini yakunida sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan kinologlarga guvohnomalar topshiriladi.O‘zbekiston Respublikasida kinologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida, Milliy kinologiya markazida doimiy ravishda o‘quv va amaliy seminarlar, xizmat itlarini o‘rgatishning zamonaviy usullari mavsusida davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

 

 

Yangiliklar
Kinologiya: memorandum faol hamkorlikka xizmat qilmoqda

Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan hquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan faol serqirra hamkorlik yoʻlga qoʻyligan.

18.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing