Tovarning kelib chiqish mamlakati.

Tovar toʼliq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʼrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.

1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qitʼa shelьfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu er qaʼri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega boʼlsa;
2) mamlakat hududida yetishtirilgan yoki yigʼib olingan oʼsimlik mahsulotlari;
3) mamlakatda tugʼilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
4) mamlakatda yetishtirilgan oʼsimlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot;
5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti;
7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli boʼlgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;
8) mamlakatga tegishli boʼlgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori texnologiyalar mahsuloti;
9) mamlakatda ushbu moddada koʼrsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar.

Tovarlarni turkumlab yetkazishda ular ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash.

  • Tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishi toʼgʼrisidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi.

Tovarning kelib chiqishi toʼgʼrisidagi sertifikat tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan hujjatdir.

  • Tovarning kelib chiqishi toʼgʼrisidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʼlgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yoʼqolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.

  • Oʼzbekiston Respublikasi tarif preferentsiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
  • muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga;
  • bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar mavjud boʼlmaganda yoxud tovarlarning kelib chiqishi toʼgʼrisida notoʼgʼri maʼlumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojxona organida asoslar mavjud boʼlganda;
  • agar bu talab Oʼzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʼlsa.

  • Tovarning kelib chiqishi toʼgʼrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos boʼlmaydi.

Tovarning kelib chiqishi toʼgʼrisidagi sertifikat mavjud boʼlmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda koʼrsatilgan maʼlumotlarning toʼgʼriligiga shubha tugʼilganda tovarga nisbatan bojxona bojining 2 baravar oshirilgan stavkasi qoʼllaniladi.

Normativ xujjatlar